Foydalanish shartlari

Yangilangan: 28-sentyabr, 2026

Saytga kirish va undan foydalanish ushbu shartlarga rozilik bildirishni anglatadi. Premium sotib olishda qo'shimcha ravishda to'lov shartlari (ommaviy oferta) amal qiladi.

  1. 1. Hisob

    Hisobingizni boshqalarga bermang: login, parol va kirish kodlari faqat sizniki. Bir hisobdan bir kishi foydalanadi. Shubhali faoliyatda Akademiya hisobni vaqtincha to'xtatishi mumkin.

  2. 2. Materiallar

    Video darslar, testlar, savollar va boshqa materiallar Kholmurodov Academy'ga tegishli. Ularni yozib olish, yuklab olish, nusxalash va tarqatish taqiqlanadi. Videolarda ko'rinadigan ism belgisi — himoya uchun.

  3. 3. Bepul va Premium

    Har bir kursning birinchi darslari va «Bepul» deb belgilangan testlar hamma uchun ochiq. Premium tanlangan fan bo'yicha barcha darslar va testlarni to'langan muddatga ochadi. Narx va to'lov tartibi — «Premium» sahifasida va ommaviy ofertada.

  4. 4. Halollik

    Testlarni o'zingiz yeching. KH coin, reyting va nishonlar — rag'bat uchun; ularni sun'iy yo'l bilan oshirishga urinish natijalarni bekor qilishga olib keladi.

  5. 5. Javobgarlik

    Akademiya sayt uzluksiz ishlashiga harakat qiladi; uzoq texnik uzilish bo'lsa, Premium muddati uzaytirilishi mumkin. Imtihon natijasi o'quvchining o'z mehnatiga bog'liq — platforma yordamchi vosita.

  6. 6. O'zgarishlar

    Shartlar o'zgarsa, shu sahifada yangilanadi. Shaxsiy ma'lumotlar haqida — Maxfiylik siyosati.

Savollar bo'yicha: Kholmurodov Academy.